Feras

Feras: «Fe» — temir, «ras» — tez yordam. G‘oya nomning o‘zida.

Mijoz: Amadia · Yo‘nalish: Qadoq dizayni

Dorixonada temir preparatlari ko‘p, lekin qadoqlari bir-biriga o‘xshaydi va xaridor ularni eslab qolmaydi. Vazifa — tibbiy ko‘rinishdagi, lekin ortiqcha «bezak»siz quti. Har bir rangning ma’nosi bor: qizil — qon va faollik, sariq — B vitaminlari, to‘q kulrang — ishonchlilik, oq — poklik. Grafik bloklar kapsula va molekulalardan ilhomlangan, qutidagi bayroq elementi esa nemis sifatiga urg‘u beradi.

Nima qilindi: tadqiqot, logotip, 30 kapsulali quti, rang tizimi va 10 slaydli keys-taqdimot.

Mahsulotingiz uchun ham bozorni o‘rganishdan boshlanadigan qadoq kerakmi? Telegram’da yozing.

📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov