Lotus

Lotus: «faqat ayollar uchun» stereotipini buzgan, ikkala jins uchun neytral malham qadog‘i.

Mijoz: Amadia · Yo‘nalish: Qadoq dizayni

Tadqiqot shuni ko‘rsatdi: bozordagi o‘xshash kremlar pushti rang, nafis harflar va gullar bilan bezatiladi, shuning uchun erkaklar ularni olishdan tortinadi. Lotus uchun minimalist yo‘l tanlandi: oq — tozalik, och va to‘q kulrang — neytrallik, qizil — tiklanish. Asosiy vizual element — teri poralari teksturasi: u mahsulot aynan teri bilan ishlashini nozik eslatib turadi.

Nima qilindi: raqobatchilar tahlili, quti va tuba dizayni, teri teksturasi grafikasi va keys-taqdimot.

Mahsulotingiz uchun ham bozorni o‘rganishdan boshlanadigan qadoq kerakmi? Telegram’da yozing.

📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov