Havas — Travertin

Havas Travertin: tabiiy tosh qoplamasi uchun oq chelak va sariq brend belgisi.

Mijoz: Havas · Yo‘nalish: Qadoq dizayni

Travertin — qimmatbaho tosh imitatsiyasi, shuning uchun qadoq ortiqcha bezakdan xoli: oq chelak, tosh teksturasi va yorqin sariq Havas belgisi. Taqdimotda chelak qora geometrik podiumda turadi — mahsulot qurilish bozoridagi oddiy bo‘yoqlardan ko‘ra premium segmentga yaqin ko‘rinadi.

Nima qilindi: chelak yorlig‘i, tosh teksturasi bilan ishlash va taqdimot uchun 3D-vizual.

Dekorativ qoplamangizga premium obraz kerakmi? Telegram’da yozing — birga o‘ylab chiqamiz.

📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov