Havas — Sorento

Havas Sorento: keng reklama banneri — ulkan «SORENTO» va antik haykal.

Mijoz: Havas · Yo‘nalish: Qadoq dizayni

Ilk versiyada chelak bilan birga keng reklama banneri ishlangan: kontur harflardagi ulkan «SORENTO», ko‘k chiziq va texnik piktogrammalar bitta kompozitsiyaga yig‘ilgan. Banner chelak dizaynini takrorlaydi — xaridor do‘konda ham, ko‘chada ham bir xil obrazni ko‘radi.

Nima qilindi: chelak yorlig‘i, keng formatli banner va texnik piktogrammalar.

Dekorativ qoplamangizga premium obraz kerakmi? Telegram’da yozing — birga o‘ylab chiqamiz.

📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov