Raya — Suvlari

Raya: Zam-zam suvi qo‘shilgan gazlangan ichimlik uchun sakkiz ta’mli banka seriyasi.

Mijoz: Raya · Yo‘nalish: Qadoq dizayni

Har bir ta’mning o‘z rangi bor: nok — sarg‘ish-yashil, anor — qizil, qovun — to‘q sariq. Banka oq qoldirilgan, rang esa meva rasmida va reklama kartochkasining yon panelida ishlaydi; fonda ta’m nomi ulkan, xira harflar bilan yozilgan. Qizil Raya logotipi sakkiz bankani bitta oilaga bog‘laydi.

Nima qilindi: 8 ta ta’mdagi banka dizayni, har bir ta’m uchun reklama kartochkasi (tarkib, QR-kod) va butun liniyaning umumiy ko‘rinishi.

Ichimlik yoki shirinlik uchun ta’mi rasmdan sezilib turadigan qadoq kerakmi? Telegram’da yozing.

📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov