Sanobar Medical
Sanobar Medical: S + M + qalqon = bitta belgi.
Mijoz: Sanobar Medical · Yo‘nalish: Logotip va brending
Belgi uch elementdan yig‘ilgan: «S» va «M» harflari hamda himoya ramzi — qalqon. Natijada qizil chiziqlardan iborat, gul kurtagiga o‘xshash ixcham shakl paydo bo‘ldi. Belgi bo‘laklaridan qo‘lyozma «Sanobar» yozuvi va brend naqshi ham yasalgan, shuning uchun butun firma uslubi bitta manbadan o‘sadi.
Nima qilindi: belgi va uning modul to‘ri, logotip versiyalari, belgi bo‘laklaridan yozuv, naqsh va shrift juftligi.
Biznesingizga o‘z hikoyasi bor logotip kerakmi? Telegram’da yozing.
📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov

















