Laptops
Laptops: binafsha belgi, takrorlanuvchi naqsh va to‘liq brendbuk.
Yil: 2021 · Yo‘nalish: Logotip va brending
Laptops — bu 2021 yilda yaratilgan zamonaviy brend dizayn konsepsiyasi bo‘lib, unda brendning asosiy g‘oyalari, vizual uslubi va kommunikatsiya yo‘nalishlari to‘liq ishlab chiqilgan. Loyihaning maqsadi — texnologiya va ishonchlilikni ifodalovchi, professional va bir vaqtning o‘zida zamonaviy ko‘rinishga ega brend identifikatsiyasini yaratishdan iborat edi.
Ushbu sahifada brend qo‘llanmasidan namunalar keltirilgan bo‘lib, ularda logotip ishlanmalari, rang palitrasi, shrift tizimi, korporativ uslub elementlari hamda ularning real dizaynlarda qo‘llanilishi aks ettirilgan.
Mazkur dizayn konsepsiyasi orqali Laptops brendi o‘z auditoriyasiga innovatsion ruh, aniqlik va ishonch hissini yetkazishga qaratilgan.
Nima qilindi: logotip va uning qurilishi, rang va shrift tizimi, naqsh, korporativ blanklar, avtomobil brendingi va ko‘rgazma stendi.
Logotipdan tortib peshlavha, sumka va postlargacha yagona uslub kerakmi? Telegram’da yozing.
📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov




















