Parfum Life

Parfum Life: qora-oq ramkadagi ikki so‘z va «PL» monogrammasi.

Mijoz: Parfum Life · Yo‘nalish: Logotip va brending

Parfyumeriya do‘koni logotipi lakonik: «PARFUM» va «LIFE» so‘zlari qora-oq to‘rtburchak ichida, qisqa variant sifatida esa «PL» monogrammasi. Rangsiz yechim ataylab tanlangan — u vitrinadagi rang-barang flakonlar bilan raqobat qilmaydi. Albomda sumkalar, vizitkalar va do‘kon fasadining uch xil varianti ko‘rsatilgan.

Nima qilindi: logotip va monogramma, sumka, vizitka va do‘kon fasadining 3 varianti.

Logotipdan tortib peshlavha, sumka va postlargacha yagona uslub kerakmi? Telegram’da yozing.

📢 Yangi ishlarimni birinchi bo‘lib ko‘rish uchun Telegram kanalimga obuna bo‘ling: @HayotKhodirov