Lider — Econom
Ushbu qadoq dizayni Hayot Khodirov tomonidan 2019-yilda ishlab chiqilgan.
Mahsulot — LIDER brendining ichki ishlar uchun oq (belosnejnaya) suv-dispersiyali bo‘yoq turiga tegishli.
Dizaynning asosiy kontsepsiyasi — tozalik, yangilik va ishonchlilik hissini berish. Yashil rangdagi gradientli fon ekologik va xavfsiz materialni anglatadi, minimalizmga asoslangan kompozitsiya esa zamonaviy ko‘rinish hosil qiladi. «PRESTIGE» seriyasi belgisi orqali mahsulotning yuqori toifaga tegishliligi ta'kidlangan.