Lider — Prestige

Ushbu qadoq dizayni Hayot Khodirov tomonidan 2019-yilda ishlab chiqilgan. 

Dizayn LIDER brendining oq rangli, yuviluvchi va yorug‘likka chidamli akril fasad bo‘yoqlari turiga tegishli.

Dizaynning asosiy kontsepsiyasi — mustahkamlik va ishonchlilikni ta’minlovchi qizil rang orqali vizual energiyani kuchaytirishdan iborat. Ushbu rang tanlovi mahsulotning sifatli, professional va premium toifaga kirishini ta’kidlaydi. «PRESTIGE» belgisi hamda oltin rangli «NEW collection» elementi mahsulot yangiligi va yuqori darajasini aks ettiradi.

Qadoqdagi matnlar, ikonlar va grafik elementlar optimal o‘qilishi uchun joylashtirilgan, foydalanuvchiga qulay navigatsiya ta’minlangan. Dizayn funksionallik va estetikani birlashtirgan holda zamonaviy uslubda yechim topgan.

Qadoqlar

RU
EN